
MYu hujumchisi mavsum so‘nggigacha "Atalanta"da ijara asosida to‘p surishi mumkin
"Atalanta" "Manchester Yunayted" hujumchisi Amad Dialloni mavsum so‘nggigacha jamoada ijara asosida olib qolmoqchi.
Oldinroq, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher Dialloning hujjat ishlari yakunlangani va u yaqin vaqtlar ichida Angliyaga yo‘l olishi haqida aytib o‘tgan edi.
Ammo bergamoliklar yakunda mankunianlardan 18 yoshli futbolchini yozgacha "Atalanta"da qoldirish bo‘yicha so‘rov yubordi.
"Menga Diallo juda yoqadi. U 18 yoshda va uni iyungacha jamoada olib qolishni xohlagan bo‘lar edim. Ammo bu masalani MYu tomoni hal qiladi", - dedi Jan Pero Gasperini.
Fikrlar