MYu hujumchisi "Evro-2020"dan keyin ruhiy tushkunlikka tushib qolgan

  • 12 yanvar, 2022, 14:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Evro-2020 finalida Angliyaning mag‘lubiyatidan so‘ng ruhiy tushkunlikka tushib qolgani haqida ma’lum qilindi.

"Daily Mail" nashrining yozishicha, Markus bir necha kun o‘z xonasidan chiqmagan. Keyin u yordam so‘rab psixologga murojaat qilgan. Bu Reshfordning faoliyati davomida ilk bor sodir bo‘lgan.

24 yoshli hujumchi o‘sha finalda penaltilar seriyasidan biroz oldin zaxiradan maydonga tushdi. "Futbol lotereyasi"da esa, zarbani golga aylantira olmagan. Shundan so‘ng "uch sherlar" kumush medal bilan cheklandi.

Markus joriy mavsum "qizil iblislar" safida 15 uchrashuv o‘tkazib, 3 gol va 1 assist muallifiga aylandi. MYu rahbariyati uni Manchesterda olib qolmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!