
MYu futbolchisi boyib ketadigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard “Nyukasl”dan o‘ta manfaatli taklif oldi.
“Qarg‘alar” mahoratli futbolchiga 4,5 yillik shartnoma bermoqchi. Unga ko‘ra, Lingard “Nyukasl”ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanadi.
Ayni paytda nyukaslliklar safida eng katta maoshni Migul Almiron olyapti. Klub uning xizmatlari uchun haftasiga 100 ming funt to‘layapti.
“Nyukasl” mutasaddilari futbolchi transferi bo‘yicha manchesterliklar bilan muzokarani boshlab yubordi. Lingard klub bilan shartnomasini uzaytirmagani tufayli “Manchester Yunayted” rahbarlari u erkin agentga aylanmay turib, sotib yuborishni mo‘ljallayapti.
28 yoshli futbolchi joriy mavsumda o‘z jamoasi uchun barcha turnirlarda 11 marotaba maydonga tushib, ikkita to‘p kiritdi va bitta golli pas oshirdi.
Fikrlar