
MYu futbolchisi A Seriyaga yo‘l oldi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andres Pereyra yaqin vaqt oralig‘ida "Latsio" futbolchisi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda. "Goal.com" saytining xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi va italyan klubi o‘rtasida 1 yillik ijara shartnomasi imzolanadi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Donni van de Bekning jamoaga qo‘shilishi natijasida Braziliya terma jamoasi vakilini rejalariga kiritmadi.
Fikrlar