MYu etakchisiga Evropaning ikki grandi qiziqib qoldi

  • 20 oktabr, 2024, 13:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh yaqin vaqt ichida ingliz grandi safini tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 30 yoshli portugaliyalik yulduz futbolchining xizmatlariga Evropaning ikki super klubi qiziqish bildirmoqda. Gap “Barselona” va “Bavariya” klublari haqida ketmoqda. Hozircha ushbu klublarning qay biri Fernandesh bilan aloqaga chiqqani haqida ma’lumot yo‘q.

Bruno 2020 yilning yanvaridan buyon “qizil iblislar” futbolchisi hisoblanadi. Uning mankunianliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. Futbolchining ayni damdagi transfer qiymati 65 million evroga baholanmoqda.

Fernandesh joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!