
MYu adashgandi!
Antoni o‘rniga Rafinya Dias 2022 yilda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin edi.
"The Athletic" nashrining yozishicha, yozgi transferlar oynasi yopilishidan oldin murabbiy Erik ten Xag Antonini so‘ragan va natijada braziliyalik "Ayaks"dan bonuslar bilan birga 100 million evroga sotib olingan.
Jumladan, MYu skautlari ham "Lids"dan Rafinyani emas, balki "Ayaks" yulduzini qo‘lga kiritishga harakat qilgan. Shundan so‘ng Rafinya "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan.
Joriy mavsum Antoni Premer-ligada 4 ta o‘yin o‘tkazdi va gol urmadi. Rafinya esa La Ligada 19 uchrashuvda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar