
MYu 85 million funtga yarim himoyachi sotib olmoqchi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Manchester Evening News.
O‘tgan yozda Donni van De Bekning xarid qilingani 25 yoshli xavbek transferiga ta’sir ko‘rsatmaydi, deyilgan manbada. Mankuniyaliklar "villaliklar"ga Grilish bilan shartnomada ko‘rsatilgan 85 million funtlik tovon pulini to‘lashga tayyor.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi ettita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va beshta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar