
MYu 35 yoshli Tevesni yana "Old Trafford"ga qaytarmoqchi
Argentinaning “Boka Xuniors” klubi forvardi Karlos Teves yana APLga qaytishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Manchester Yunayted” o‘zining asosiy hujumchisi Markus Reshford uzoq muddatga safdan chiqqani bois uning o‘rniga aynan 35 yoshli futbolchini sotib olishni ko‘zlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, MYu Teves uchun begona emas. U “qizil iblislar” safida 2007-2009 yillarda to‘p surgan. U joriy mavsum Argentina chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar