MYu 3 futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi

  • 28 mart, 2022, 19:27
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" jamoasi mavsum oxirida shartnomasi yakuniga etadigan 3 futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Klub Edinson Kavani, Jessi Lingard va Xuan Mata bilan yangi kelishuv tuzmaslikka qaror qildi. Rahbariyat bu o‘yinchilar o‘rniga boshqa futbolchilar xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Hozirda Kavaniga La Liga klublaridan takliflar tushyapti. Lingard esa APLning boshqa klubida faoliyatini davom ettirishi kutilmoqda. 

Shuningdek, Mata ham La Liga yoki boshqa chempionatga yo‘l olishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!