Mxitaryan "Roma"dan ketmoqchi

  • 1 may, 2021, 11:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryan yozda “Roma”ni erkin agent sifatida tark etmoqchi.

Tecno

Calciomercato.com nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli futbolchi rimliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas, garchi unda ushbu kelishuvni avtomatik uzaytirish imkoniyati bo‘lsa ham. Ammo Mxitaryan va uning agenti Mino Rayola hali “Roma” rahbariyatiga yakuniy javobni aytmagan.

“Roma”da mavsumlar oralig‘ida bo‘ladigan katta o‘zgarishlar Genrixning fikrini o‘zgartirishi va uni jamoada qolishga ko‘ndirishi mumkin.

Mxitaryan joriy mavsum Italiya chempionatida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Bundan avvalroq unga “Yuventus”dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!