
Muzaffar Muzaffarov "Qo‘qon-1912"ni tark etdi. Safga esa Superliga klublaridan 2 futbolchi qo‘shildi
Kelayotgan 2021 yilgi futbol mavsumida o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yishni niyat qilgan “Qo‘qon-1912” jamoasining murabbiylar shtabi selektsiya ishlarini qizg‘in tarzda olib bormoqda.
Jamoaning yarim himoya hamda hujum chiziqlarini kuchaytirish maqsadida o‘tgan mavsumda o‘z jamoalari tarkibida etakchilardan bo‘lgan futbolchilar Qo‘qonga taklif qilinmoqda. Shunday futbolchilardan biri “Mash’al” hujumchisi Mo‘min Meliev kelgusi mavsumni "Qo‘qon-1912"da o‘tkazishi hal bo‘ldi. Meliev “Mash’al” jamoasini Pro-ligadan Superligaga chiqishida hamda o‘tgan mavsum chempionatdagi ishtirokida o‘zining munosib hissasini qo‘sha oldi.
Shuningdek, “Andijon” klubi tayanch yarim himoyachisi, ko‘plab bahslarda andijonliklarni sardor sifatida maydonga olib tushgan Farhod Bekmurodov ham kelgusi mavsumni “Qo‘qon-1912” jamoasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
“Qo‘qon-1912” jamoasini esa tajribali yarim himoyachi Muzaffar Muzaffarov tark etdi. Muzaffarov jamoa bilan do‘stona xayrlashdi. Unga Superliganing bir nechta klublaridan takliflar bor.
Fikrlar