Mutaxassis OFK Kubogi finaliga chiqqan "Nasaf"ning Andijondagi o‘yinda imkoniyatini nega pastroq baholayapti?

  • 20 oktabr, 2021, 22:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi tobora manziliga yaqinlashib kelyapti. 21 oktyabr kuni 23-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Tecno

Bu safar tur doirasidagi etti o‘yin besh kunga taqsimlandi. Turning oxirgi o‘yini 25 oktyabr kuni “Andijon” – “Nasaf” ishtirokidagi o‘yin bilan yakuniga etadi.

O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev jamoalarning imkoniyatlari haqida o‘zining munosabatini bildirdi.

21 oktyabr (payshanba)

“Metallurg” – AGMK

- “Metallurg” jamoasini ikkinchi davrani juda tushkun holatda o‘tkazayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu o‘yin ular uchun hayot-mamot janggi bo‘ladi. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan, baribir AGMK jamoasida barqarorlik bor. Jamoa o‘yinchilarining mahoratini hisobga olganda, 45x55 sifatida AGMKning imkoniyatini yuqoriroq baholagan bo‘lardim.

22 oktyabr (juma)

“Surxon” – “Qizilqum”

- Bu o‘yin ham qiziqarli kechadi. Ikkala jamoa ham so‘nggi uchrashuvlarda yaxshi o‘yin o‘tkazib kelmoqdalar. O‘ylashimcha, “Surxon” klubi ham kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishga ulgurdi. Ko‘rib turibmizki, “Qizilqum” ham yomon o‘yinlar o‘tkazayotgani yo‘q. Mening fikrimcha, ushbu juftlikda jamoalarning imkoniyati teng – 50x50.

kizilkum1

“Bunyodkor” – “Turon”

- Bu o‘yinda “Turon” jiddiy raqibga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilib ko‘radi. Chunki bu klubning “Paxtakor”, “Lokomotiv” kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarini inobatga oladigan bo‘lsak, bu safar tabiiyki, “Bunyodkor”ga ham ana shunday qarshilik ko‘rsatishi tabiiy. Lekin so‘zsiz ushbu bellashuvda “Bunyodkor” favorit hisoblanadi.

bunyodkor3

23 oktyabr (shanba)

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”

- “Qo‘qon-1912” jamoasi oxirgi turda Jizzaxda “So‘g‘diyona” maydonida ochko olib qaytganidan keyin endi ushbu uchrashuvga yanada yaxshi kayfiyatda maydonga tushadi. “Lokomotiv”da esa aksincha. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bu o‘yindagi jamoalarning imkoniyatini 50x50 baholagan bo‘lardim. Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatadi. Albatta, qo‘qonliklarning o‘z maydonida o‘ynashini hisobga olsak, ularda biroz tashabbus bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham men klublarning kuchini teng baholayman.

“Mash’al” – “Navbahor”

- “Mash’al”da murabbiy o‘zgarganidan keyin ayniqsa, ikkinchi davrada yaxshiroq o‘yinlar ko‘rsatyapti. Uyda o‘ynayotgani sababli “Mash’al” favorit. To‘g‘ri, “Navbahor”ham oxirgi turlarda o‘z ochkolarni yig‘yapti, o‘yini ham ancha qovushyapti. Muborakda yaxshi o‘yin kechadi. Fikrimcha, 55x45 foiz bo‘yicha “Mash’al”da ustunlik ko‘proq. Buni ularning o‘z maydonida o‘ynayotgani uchun aytyapman.

navbaxor3

24 oktyabr (yakshanba)

“So‘g‘diyona” – “Paxtakor”

- Bu turning eng markaziy o‘yini deb o‘ylayman. Bu erda ikki faktor rol o‘ynashi mumkin. Birinchisi, “So‘g‘diyona”ga xohlasa-xohlamasa ochko kerak. Chunki klub butun mavsum davomida medallar uchun kurashib keldi. Mavsum oxiriga kelganda, buni qo‘ldan boy bermaslik uchun astoydil harakat qiladi va “Paxtakor”dan ochko olganlar qatorida turadi. “Paxtakor” chempionlikni rasmiylashtirganidan so‘ng bu uchrashuvga qay darajada yondashuvi ko‘p narsani hal qiladi. Ochig‘ini aytganda, bu juftlikda jamoalarning imkoniyatlari 50x50.

paxtakor1_1

25 oktyabr (dushanba)

“Andijon” – “Nasaf”

- Ko‘ryapmizki, “Andijon” jamoasi har bir turni final darajasida o‘tkazyapti va ochko uchun borini beryapti. E’tibor beradigan bo‘lsak, “Andijon” o‘z maydonida muxlislariga suyangan holda harakat qiladi. “Nasaf”ning Andijonga OFK Kubogidagi o‘yinidan keyin kelishini inobatga olsak, menimcha, safarda qiynaladi. Albatta, tarkib va o‘yin saviyasi bo‘yicha “Nasaf” kuchliroq. Lekin OFK Kubogidagi qiyin o‘yin va yo‘l sababli odatda birinchisidan ikkinchi musobaqaga o‘tish o‘yinlari juda og‘ir kechadi. Klublarning joylashuvini inobatga oladigan bo‘lsak, “Nasaf”ga qiyinroq bo‘ladi. Bu vaziyatda muxlislarning daldasi hamda “Andijon” jamoasining oxirgi turlardagi o‘yinlarini inobatga olib, 55x45 deya baholayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/10/2021 13:11
Bahrayin klubi maydoni yahshi kurindi. vediyo rolikdan. nima bulsa ham poliyasi yahshi bulsinda chunki Nasaf rasvo poliyaga umuman uynap olmaydi.
21/10/2021 16:59
Yana bir muhim nersa sudiayalarham xalol bulishi kerek nazarimda
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/10/2021 18:08
Sudiyalar. uziga insof bersin. hammamiz sudiya deymiz. uzi aslida sudiya ham nima qilsin. yoqoridan bosim bulsa. u ham aytilgan ishni qiladi. bulmasa VAR chiqib ham har qanaqasiga zarba berishaptiki. hech ilojini qilib olishmasa daryoni boshidan suvni qisib quyishadi. ayni puldan tortib quyishadi qarapsizku.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/10/2021 18:08
Sudiyalar. uziga insof bersin. hammamiz sudiya deymiz. uzi aslida sudiya ham nima qilsin. yoqoridan bosim bulsa. u ham aytilgan ishni qiladi. bulmasa VAR chiqib ham har qanaqasiga zarba berishaptiki. hech ilojini qilib olishmasa daryoni boshidan suvni qisib quyishadi. ayni puldan tortib quyishadi qarapsizku.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
21/10/2021 13:07
berorta yuqmi Uzbek fudboliga muhlislik qiladigan jurnalist nimaga savol bermayapsizla. Andijon Nasaf uyinniga VAR quyilmagan hammaga malum Nasaf 5 chiga muhim uyin kutapti. nimaga shuncha be farq bulasizla. PFL. uzi shundoq ham hamma klub Nasafka qarshi qupol uynaydi. shunoqa ekan VAR QUYINGLA. man aynan Andijon qupol uynaydi demayapman. shunchaki 25 chiga boshqa uyin yuq ekanki. Nasafni. 29 chiga undanda qiyin uyin kutapti. Sugdiyona bilan kubik va Sugdiyona poliyasi nima bulsa ham. 29 chigacha. yahshi holatka bulsinda.