
Musaevning jamoasida ishlar yaxshi emas
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Fozil Musaev faoliyat olib boradigan "Jubilo Ivata" klubi bu tur o‘z maydonida "Oita Trinita" jamoasini qabul qildi.
Ivata shahrida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Musaev o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi.
Ortda qolgan 3 turda 2 ochko jamg‘argan "Jubilo Ivata" turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Yaponiya chempionati. 3-tur
"Jubilo Ivata" - "Oita Trinita" 1:2.
Fikrlar