
Murodjon Ahmadalievning sobiq raqibi jahon chempionlik kamari uchun jang qiladi (video)
Professional boksning yarim engil vazn toifasida (57,1 kg) WBA chempioni Ley Vud (25-2, 15KO) yakshanbaga o‘tar kechasi o‘zining navbatdagi jangini ancha jiddiy raqib Maykl Konlanga (16-0, 8KO) qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs Angliyaning Nottingem shahrida joylashgan "Motorpount Arena"da bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Maykl Konlan havaskor boksda ham jahon chempionligi va Olimpiada bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2015 yil Dohada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to‘qnash kelgan. O‘sha bahsdan eng yorqin vaziyatlarni quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar