Murodjon Ahmadaliev: "Naoya Inoue ko‘rinishidan katta chaqiruvlarga tayyor emas"

  • 29 noyabr, 2024, 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 14 dekabr kuni Monte-Karloda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Etiborlisi, ushbu kechada ikkinchi eng engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev (12-1, 9 KO) navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga meksikalik Rikardo Espinoza (30-4, 25 KO) raqiblik qiladi.  Mazkur musobaqa oldidan  hamyurtimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"P4P yulduzi (Naoya Inoue nazarda tutilmoqda) ko‘rinishidan katta chaqiruvlarga tayyor emasga o‘xshaydi. U qochishda davom etishi mumkin, lekin men o‘zimga tegishlisini qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da olaman. MJ yana biznesga qaytdi",  - deydi Ahmadaliev.

Eslatib o‘tamiz, bokschimiz yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy da’vogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyida Avstraliya vakili Sem Gudmanga qarshi qilishi belgilangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!