
Murabbiydan norozi qimmatbaho yulduz klubdan ketmoqchi
“Atletiko”ning asosiy yulduziga aylangan Joau Felish jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening qarorlaridan norozi bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik hujumchiga uni ko‘p zaxiraga olishayotgani yoqmayapti.
Felish 2019 yilning yozidan “Benfika”dan 120 million evro evaziga sotib olingan edi. Yosh hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 marta maydonga tushib, o‘nta gol urdi va beshta assistni amalga oshirdi.
O‘ziga o‘yin amaliyoti etishmayotganidan norozi bo‘layotgan Felish yozdi boshqa jamoalar taklifini ko‘rib chiqmoqchi.
Fikrlar