
Muhsin Nizomiddinov: " Bugungi uchrashuvga kelgan muxlislarga alohida rahmat aytaman"
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda tomonlar nursiz durangga imzo chekdi. Uchrashuvdan so‘ng Muxsinjon Nizomiddinov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Assalomu alaykum barchaga. O‘yin biz kutgandek bo‘ldi, birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, “Paxtakor” futbolchilariga hech qanday bo‘sh joylar qoldirmadik. Birinchi bo‘lim teng kurash ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda hujumkor o‘ynashga intildik. Raqib qizil olganidan so‘ng esa ustunlik to‘liq bizga o‘tdi. Bugungi uchrashuvda bizda ham bir nechta yaxshi vaziyatlar bo‘ldi, raqib ham oxirida g‘alaba qozonib ketishi mumkin edi. Har ikki jamoani ajoyib o‘yin bilan tabriklayman.
Bugungi uchrashuvga kelgan muxlislarga alohida rahmat aytaman", - dedi qo‘qonliklar ustozi.
Fikrlar