BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma mart oyida Jahon Chempionati saralashi-2026 doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron bilan o‘ynaydi. 

Bosh murabbiy Temur Kapadzening ushbu yig‘inga jalb etgan futbolchilarini allaqachon ko‘rgandirsiz, o‘qigandirsiz. Jalb etilganlardan 15 tasi Superliga jamoalarida to‘p tepuvchilar bo‘lsa, qolgan 10 nafari legionerlardan iborat.
 
O‘zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumi yaqinda boshlangani bois, legionerlarimizning holati haqida ma’lumot beramiz.

Top-5dagilar topda!

Top-5 chempionatlarda harakat qilayotgan ikki etakchilarimizning vaziyati hammamizga ma’lum. Abduqodir Husanov "Manchester Siti"da asosiy tarkibning muhim futbolchisiga aylanib, 7 bahsda 249 daqiqa harakat qilib, bitta gol kiritishga ham ulgurgan  bo‘lsa, Eldor Shomurodov “bo‘rilar” tarkibida fevral oyining eng yaxshisi nomiga erishdi, muhim bahslarda jamoasiga g‘alaba olib kelyapti. Afsuski, Evropa Ligasi doirasidagi "Atletik"ka qarshi javob bellashuvida Rim klubi mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etdi.

Erondagi etakchilarimiz formaga qaytmoqda!

Darvozabonimizdan boshlasak, O‘tkir Yusupov “Fulad” tarkibida muhim figuraga aylandi. U joriy mavsum Eron Pro-ligasida 21 ta bahsda 1890 daqiqa harakatlandi va 9 ta quruq uchrashuv o‘tkaza oldi. Xuzeston klubi ham joriy mavsum chempionatda sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda. 

Eron chempionatida ishtirok etayotgan yana bir hamyurtimiz Oston Urunov jarohatlar sabab mavsumning bir qismini o‘tkazib yubordi. U jami 17 bellashuvda 1172 daqiqa maydonda to‘p tepib, 3 gol va 1 assistni hisobiga yozdirgan. Oston jarohatdan tuzalib, chempionat so‘nggi turida 87-daqiqada maydonga tushib, 5-6 daqiqa harakat qildi. Muhimi safga qaytdi. 

Liderlarimizdan  Jaloliddin Masharipov tahminan 1 oy muddatdan so‘ng “Tehron derbisi”da 29 daqiqa o‘ynash imkoniga ega bo‘lgan edi. Keyinchalik, Osiyo Elit ligasidagi “An-Nasr”ga qarshi bahslarda ham ishtirok etdi. U o‘sha jarohatdan oldingi so‘nggi uchrashuvini  20 yanvar sanasida “Shams Azar” jamoasiga qarshi o‘tkazgandi. 

Eronga qarshi o‘yinda Eronda o‘ynayotgan futbolchilarimizning holati juda muhim. Sababi har uchchala hamyurtimiz ham forslarning muhim futbolchilariga qarshi ham, birga ham o‘ynashadi.

Otabek Shukurov haqida

“Kattalarimiz”dan yana biri Otabek Shukurov allaqachon “Al-Feyha”ning asosiy o‘yinchisiga aylanib ulgurganini yaxshi bilamiz. Lekin, jamoada ahvol unchalik yahshi emas. "Al-Feyxa" turnir jadvalida 18 klub ichida 14 urinda joylashgan. Shukurov fevral oyidan shu bugungacha 6 ta bahsda maydonga tushdi va atigi 2 ta bahsda  almashtirildi. Shulardan biri ham "Al-Hilol"ga qarshi so‘nggi turda jarohat sababli bo‘ldi. Quvonarlisi, jarohat jiddiy emas.U mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Fayzullaev va Ashurmatov ham boshladi!

Endi, Rossiya tomonlarga yuzlansak, u erda miliy jamoamizning 2 ta asosiy futbolchisi to‘p tepadi. Rossiya Premer-ligasi deyarli 3 oylik tanaffusdan so‘ng  28 fevraldan 19-tur davom ettirildi. Unda Abbos Fayzullaev jamoasi TsSKA “Zenit”ga qarshi maydonga tushdi. 0:0 hisobida yakunlangan o‘yinda Abbos eng yuqori bal olganlardan bo‘ldi. Undan so‘ng "armiyachilar" yana  ikkita bellashuvda o‘ynadi va Abbos bitta assistni amalga oshirdi. “Rubin” tarkibida to‘p tepadigan himoyachimiz Rustam Ashurmatov esa tanaffusdan keyin 3 turdan 2 tasini asosiy tarkibda boshladi hamda 127 daqiqa maydonda bo‘ldi.


Turkiyadan salomlar!

Bilasiz, Turkiyada ham ikki termamiz a’zosi harakat qilmoqda. Aliqulov "Rizespor"ni "yondirmoqda". Bu mavsum u 26 o‘yinda 3 gol va 1 assist qayd etdi. Hattoki, u mavsum boshida ketma-ket gollar urib, Osimhen-u, Ikardilar bilan yonma-yon borgani ham yodimizdan chiqqani yo‘q. Aziz Turg‘unboevning ham formasi yomon emas. Umumiy 22 bahsda  3 assistga erishdi. Murabbiy unga bu bahslarda umumiy 1265 daqiqa o‘ynash imkonini berdi. Bu tahminan bir o‘yinda 58 daqiqa degani. Biroq bu safar Turg‘unboev terma jamoaning martdagi yig‘in uchun ro‘yxatda yo‘q. Unda kichik jarohat bor.

Borgan jamoasini chempion qiladigan Abdixoliqov qanday formada?

Ha do‘stlar, bekorga bunaqa sarlavha bermadik. Chunki, Bobir borgan so‘nggi ikki jamoa usha mavsumda o‘z ligasida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Belarus chempionatida "Energetik BGU", Qozog‘istonning 2023 yildagi chempioni "Ordabasi", yana biri utgan mavsum Superligada birinchi marta chempionlik nashidasini surgan "Nasaf" klubi hisoblanadi. Bu mavsum esa u Ozarbayjon chempionatida 10 jamoa ichida 8-o‘rindagi klubga borib qo‘shildi va hozirgacha 4 ta bahsda qatnashdi. Bobirning bu  erdagi muvaffaqiyatli harakatlari hali oldindaligiga umid qilamiz.

Xulosa o‘rnida legionerlerimiz sport formasi yuqori darajaga chiqayotganidan xursand bo‘lsak arziydi. Bu vaqt ichida O‘zbekiston Superligasi ham start oldi. Jamoalar FIFA kunlarigacha yana bitta turda maydonga tushadilar. Xullas, shunaqa gaplar!

                                                                                                                                     Yahyoxon G‘aniev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!