
Muhim o‘yinda Pike va Grizmann nega tortishib qoldi?
Chempionlar ligasi nimchorak final dastlabki uchrashuvida PSJ Kataloniyada “Barselona”ni yanchib tashladi. Mezbonlar etakchisi Lionel Messining yagona goliga Kilian Mbappe uch bor, Moyze Kin bir marta javob qaytardi.
Bellashuvning ikkinchi bo‘limida “Barsa” futbolchilari Jerar Pike va Antuan Grizmann o‘zaro tortishib qolgan vaziyat hammaning e’tiborini tortdi.
Sport.es nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, tajribali himoyachi Pike jamoasi to‘pni egallay olmayotgani uchun Antuan Grizmannga tanbeh bergan. Frantsiyalik hujumchi avvaliga jamoadoshini tinchlanishga chaqirgan va keyin u ham qo‘pol gapirishga o‘tgan. Lekin ularning o‘zaro mojarosi jamoaga amalda hech qanday yordam bermadi.
Fikrlar