
Muhammad Salohdan “dahshatli” natija!
Angliya chempionatining 20-turidagi markaziy uchrashuv musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Liverpul” va muammolar girdobidan chiqishga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted” o‘rtasida bo‘ldi.
Bu bahs 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Bellashuvda penaltini aniq bajargan Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasining barcha zamonlardagi to‘purarlari reytingida yana bir pog‘ona ko‘tarildi.
Misrlik forvard Angliya chempionatidagi gollari sonini 175 taga etkazib oldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Arsenal” afsonasi Terri Anri bilan tenglashib oldi. Endi bu futbolchilar umumiy reytingda ettinchi pog‘onani bo‘lishib turibdi.
Salohning navdatdagi mo‘ljali Frenk Lempard. “Chelsi”ning sobiq futbolchisi faoliyati davomida milliy chempionatda 177 ta to‘p kiritgan.
Joriy mavsum boshidan beri 19 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan Muhammad Saloh uchun Lempardning natijasini zabt etish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Angliya Premer-ligasidagi eng zo‘r to‘purar Alan Shirer hisoblanadi. Angliyalik sobiq hujumchi raqiblar darvozasini 260 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar