Muhammad Qudus APL klubiga o‘tayotganiga ishora qildi

  • 25 avgust, 2023, 02:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Konferentsiyalar ligasi pley-offidan o‘rin olgan "Ludogorets" - "Ayaks" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda amsterdamliklar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Niderlandiya klubi safida Muhammad Qudus xet-trik qilgan bo‘lsa, Brayan Brobbi ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

Qayd etish lozim, bellashuvdan so‘ng ganalik futbolchi shunday dedi: Ha, bu mening "Ayaks"dagi so‘nggi o‘yinim edi"

Ma’lumot uchun, unga "Vest Xem" qiziqish bildirayotgandi. "Bolg‘achilar" uni 45 million evro evaziga sotib olish bo‘yicha "Ayaks" bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar chiqayotgandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!