Mudrik futbolga qaytishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo‘lgan Mixail Mudrikga Frantsiya va Ispaniyadan takliflar bor.
Transfer huquqi Londonning "Chelsi" klubiga tegishli bo‘lgan futbolchiga "Sevilya" va "Strasburg" jamoalaridan qiziqishlar mavjud. Agarda Mudrikdan diskvalifikatsiyasi olib tashlansa, futbolchini boshqa chempionatlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu haqda "Footmercato" nashri xabar bermoqda.
Ukrainalik futbolchi 2023 yildan buyon "aristokratlar" safida to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Mudrik ta’qiqlangan moddalarni iste’mol qilgani uchun 2 yilga futboldan chetlatilgan edi.



Fikrlar