Muaytaychilarimiz Osiyo o‘yinlarini 5 ta medal bilan yakunladi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada 8 nafar muaytaychilarimiz ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
U-14-15, 51 kg.
Oltin medal: Turdiboev Asadbek
U-16-17, 54 kg.
Oltin medal: Nurxo‘jaev Muzafar
U-14-15, 45 kg.
Bronza medal: Abduvaliev Doston
U-16-17, 54 kg.
Bronza medal: Ochilova Jasmina
U-16-17, 60kg.
Bronza medal: Davronov Shaxro‘z
Bu haqda O‘zbekiston muaytay assotsiatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar