
Movsar Evloev: “Men Volkanovskini enga oladigan yagona jangchiman”
UFC yarim engil vazn toifasi reytingida birinchi raqamli jangchi Movsar Evloev amaldagi chempion, avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangga tayyorligini ma’lum qildi.
"Men hozir Volkanovskini enga oladigan yagona yigitman. Lekin agar menga Lyoron yoki Diego bilan jang qilish kerak bo‘lsa, men buni ham bajaraman. Men Diego Lopes, Arnold Allen va Aldjameyn Sterlingni aniq engdim. Kimdir yana men bilan jang qilishni istasa, muammo yo‘q", - dedi Evloev X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun, Movsar 31 yoshda. professional MMA ga 2014 yilda qadam qo‘ygan va 2019 yildan buyon UFC oktagonida kurashib keladi. Hozirgi vaqtda uning UFC dagi g‘alabalari soni — 9 ta.
Fikrlar