Movsar Evloev ham “UFC 307” da ishtirok etmaydimi?
Yarim engil vazn toifasida ishtirok etayotgan UFC jangchisi Movsar Evloev 6 oktyabr kuni AQSh da bo‘lib o‘tadigan “UFC 307” da ishtirok etmaydi. Bu haqda MMA Mania nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Evloevga raqib topilmagan. Shu bois u Rossiyaga qaytib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, sobiq UFC chempioni Aldjameyn Sterling (24-4) mashg‘ulotlarda jarohat olgani sabab Movsar(18-0)ga qarshi jangni dekabrga ko‘chirishni so‘ragandi.



Fikrlar