Mourinoning keyingi klubi ma’lum bo‘ldi

  • 18 oktabr, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” rahbariyati jamoani uch yildan beri boshqarib kelayotgan Joze Mourino bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Tecno

Biroq portugaliyalik mutaxassis yozda Rimdan ketgani bilan ishsiz qolib ketmaydi. Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi vakillari Joze Mourinoga aloqa chiqdi.

Saudiyaliklar mashhur murabbiyga katta maosh va’da qilmoqda va u bilan hamkorlik o‘rnatishni istayapti.

Yaqinda Joze Mourinoning o‘zi yozda saudiyaliklardan katta maoshli taklif olganini, lekin “Roma”dagi ishni davom ettirishni ma’qul ko‘rganini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!