Mourinoning jamoasi "Arsenal" bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 16 iyul, 2021, 15:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" va "Arsenal" klublari o‘rtasida shveytsariyalik yarim himoyachi Granit Jakaning transferi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Tecno

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya klubi "kanonirlar"ga taklif bildirgan. "Bo‘rilar" Jakani 18 million evroga sotib olishga tayyor. Ammo "Arsenal" ushbu transferdan kamida 20 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq Granit rimliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgani ma’lum bo‘lgandi. Unga ko‘ra, tomonlar 2025 yilgacha tuzilgan kelishuvni imzolaydi va Jaka yiliga 2,5 mln evro maosh oladi.

Jaka o‘tgan mavsum APLda 31 ta o‘yinida maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 1 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!