Mourinoning ishongan “tog‘i” ketib qolishi mumkin

  • 6 dekabr, 2022, 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kris Smolling “Roma”ning eng asosiy himoyachisi hisoblanadi. 32 yoshli futbolchi o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, hujumchilarga yordamga o‘tib, eng muhim gollarni urishi bilan ajralib turadi.

Tecno

2019 yilda “Manchester Yunayted”dan kelgan Krisning rimliklar bilan amaldagi bitimi shu mavsum oxirida yakunlanadi.

Aslida tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirishni istayotgan edi. Lekin “Inter” jamoasi angliyalik futbolchini o‘z safiga chorlayotgani uning rejalariga ta’sir qilishi mumkin.

Bundan tashqari, “Roma” Smollingni yoshi o‘tib qolayotganini inobatga olib, yangi bitimni klub manfaatlaridan kelib tuzmoqda.

Kris Smolling hali qaysi jamoada to‘p tepish borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Angliyalik himoyachi yanvar oyi oxirigacha vaziyatda oydinlik kiritishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!