
Mourinoga PSJ yulduzi kerak
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan argentinalik hujumkor futbolchi Anxel di Mariya London klubida to‘p tepishini istamoqda.
Portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyatidan yozda 32 yoshli futbolchisini erkin agent sifatida jamoaga jalb qilishni so‘ramoqda.
Shunday bo‘lsa-da, Anxel di Mariyani olish oson bo‘lmaydi. Chunki argentinalik futbolchi bir mavsum “Manchester Yunayted”dan to‘p tepgan va Angliya futboliga moslasha olmagan. Anxelni “Yuventus” va “Milan” ham o‘z safiga chorlamoqda.
Di Mariya joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda ikkita gol urib, beshta golli pas uzatdi.
Fikrlar