Mourino yangi jamoasiga “Manchester Siti” yulduzini olib kelmoqchi

  • 21 iyul, 2024, 10:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Faoliyatining keyingi davrida faqat “top-5” chempionatlarda ishlagan Joze Mourino endi Turkiya Superligasi vakili “Fenerbahche”ni chempion qilishga urinib ko‘radi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis o‘z odatiga ko‘ra, jamoasiga katta yulduzlarni chaqiryapti. Bu gal Mourino klub rahbariyatidan “Manchester Siti” markaziya yarim himoyachisi Mateo Kovachichni olib kelishni so‘rayapti.

Manbaga ko‘ra, Mourino xorvatiyalik 30 yoshli futbolchining o‘yin uslubini yoqtiradi. Qolaversa, “Fenerbahche”da aynan maydod markazini kuchaytirish ehtiyoji borligi ham bu transferning ahamiyatini oshiradi.

Kovachich o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 46 marotaba maydonga tushib, uchta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi. Uning “shaharliklar” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Futbolchi 30 million evroga baholanmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!