
Mourino yana bir futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
Ukraina terma jamoasi va "Atalanta" futbolchisi Ruslan Malinovskiy yozda bergamoliklar safini tark etishi mumkin edi. Biroq jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini bunga yo‘l qo‘ymadi. Transfer oynasi yopildi, ammo mish-mishlar hamon davom etmoqda.
"Calciomercato" nashri xabariga ko‘ra, Malinovskiy "Atalanta"dan "Roma"ga o‘tishi mumkin. Joze Mourino futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda va klub allaqachon Ruslan borasida ma’lumotlar to‘plashni boshlab yuborgan.
Ta’kidlanishicha, unga APL klublaridan jiddiy takliflar bo‘layotgan bo‘lsa-da, Ruslan Malinovskiyning rafiqasi Italiyada qolishni afzal ko‘rmoqda.
"Roma" Ruslan Malinovskiyni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin. Sababi ukrainalik futbolchining Bergamo klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Fikrlar