
Mourino tanqidiga uchragan Shomurodov "Yuventus"ga qarshi o‘yinda necha ball oldi? (foto)
A Seriya 21-turidan o‘rin olgan "Roma" – "Yuventus" uchrashuvi mehmonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Bo‘rilar" safida Abraxam, Mxitaryan va Pellegrini gol urdi. Mehmonlar tarkibida Dibala, Lokatelli, Kulusevski va de Shilo raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Legionerimiz Eldor Shomurodov 71-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Statistika bilan shug‘ullanuvchi dunyoga mashhur whoscored.com futbolchilarning harakatini baholadi. Unga ko‘ra zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz eng pas ball olganlardan biri bo‘ldi - 5.9.
Fikrlar