
Mourino "Roma"ning mag‘lubiyatlari haqida: Muammo menda emas
"Roma"ning salbiy natijalarida Joze Mourino o‘zini aybdor deb hisoblamasligini aytdi.
"Empoli"ga qarshi o‘yindagi 7:0 hisobi va Evropa Ligasidagi g‘alabadan keyin futbolchilar elkalaridagi yukdan qutiladi deb o‘ylagandim, lekin bunday bo‘lmadi. "Jenoa"ga qarshi bahsda barqarorlik va yuksalishni kutgandim, ammo bu ham sodir bo‘lmadi.
Ertaga biz klub muxlislarining reaksiyalarini jasorat bilan qabul qilishimiz kerak: fantastik qo‘llab-quvvatlash yoki aksi.
Yozda men faoliyatim davomidagi eng katta taklifni oldim, biroq uni rad etdim. Sababi futbolchilar, muxlislar va klubga va’da bergandim. Oradan uch oy o‘tib muammo menda bo‘lib ko‘rinmoqda. Buni qabul qilmayman, chunki bu haqiqat emas. Muammo menda emas", - dedi murabbiy.
Fikrlar