Mourino Reshfordga tan berdi!

  • 20 iyun, 2020, 15:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni maqtadi.

Tecno

- U ajoyib ish qildi. Bir futbolchi hukumatga ta’sir o‘tkaza olganiga qoyil qoldim. Bir necha yil oldin 18 yoshli bola bilan tanishgandim. U hozir haqiqiy erkak va o‘z printsiplariga ega inson  bo‘lib etishdi, - dedi Mourino.

Markus Reshford o‘zining aktiv harakatlari bilan Britaniya hukumati tomonidan koronavirus vaqtida bolalarga bepul ovqat tarqatish tizimini davom ettirish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 120 million funt ajratilishiga erishdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!