
Mourino: "O‘zimni Fernando Alonso bilan bog‘layman"
"Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino Buyuk Britaniyadagi "Formula-1" Gran-pri bosqichini tomosha qildi va mashhur ispaniyalik pilot — Fernando Alonso haqida fikr bildirdi.
"Men samaradorlik, sifat, tajriba, ishtiyoq va o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbat haqida o‘ylashni yoqtiraman.
Shuning uchun men o‘zimni Fernando Alonso bilan assotsiatsiya qilgan holda ko‘raman" — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Fernando Alonso — ikki karra "Formula-1" chempioni va hozirda "Aston Martin" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar