
Mourino o‘ziga yangi jamoa tanladi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Portugaliyaoik mutaxassis rimliklar bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.
Todofichajes nashrining yozishicha, Joze Mourino endi milliy terma jamoalarda ishlashni rejalishtirmoqda.
Tajribali mutaxassis Italiya, Angliya va Braziliya terma jamoalarida ishlash variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Joze Mourino uchun terma jamoa tanlashda uning sovrinlarni yutish imkoniyati birlamchi ekani ta’kidlanmoqda.
Aytish joizki, Joze Mourinoning terma jamoalar bilan ishlash tajribasi yo‘q. U shu kunga qadar faqat klublar miqyosida faoliyat yuritgan. Mourino “Roma”ga kelgunga qadar “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real”, “Tottenxem” kabi grand jamoalarni boshqargan.
Fikrlar