
Mourino oldida aybimni yuvmasam bo‘lmaydi!
“Roma” yozgi transferlar davrida katta qiyinchilik bilan Andrea Belottini o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Etti yil davomida “Torino” to‘purari bo‘lgan futbolchi, poytaxt klubiga ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini ko‘rsata olmadi.
Tajribali hujumchi mavsum davomida Evropa ligasida bir juft gol urdi xolos. A Seriyadagi o‘yinlarda raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti.
Belotti mavsumning ikkinchi yarmida o‘yinini sezilarli darajada kuchaytira olmasa, bir yillik shartnoma uzaytirilmasligini yaxshi biladi.
Corriere dello Sport nashrining yozshicha, Andrea bosh murabbiy Mourino oldidagi aybini yuvish uchun yanvardan boshlab, umuman boshqa saviyada o‘yin ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Fikrlar