
Mourino Mxitaryandan nimani iltimos qildi?
"Roma" armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni qo‘yib yubormoqchi emas.
Portugaliyalik Joze Mourino "bo‘rilar" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so‘ng, Genrix jamoani tark etishi haqida mish-mishlar tarqaldi. Boisi Mxitaryan aynan Mourino sabab MYudan ketgan edi.
Ammo jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Mourinoning o‘zi Mxitaryandan o‘tmishni unutishni va birgalikda ishlashga e’tibor berishni iltimos qilgan. Rahbariyat yangi bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlamoqda va futbolchiga 2023 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Mxitaran A Seriyada 34ta o‘yin o‘tkazib, 12ta gol urdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar