Mourino “Milan” bilan o‘ynamaydigan o‘yinchilar nomini aytdi

  • 8 yanvar, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” A Seriyaning navbatdagi turida “Milan” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Poytaxtliklar bosh murabbiyi Joze Mourino muhim uchrashuvda bir necha futbolchi xizmatidan foydalanmoqchi emas.

Birinchi navbatda, portugaliyalik mutaxassis o‘zi bilan kelisha olmay qolgan niderlandiyalik himoyachi Rik Karsdorpni o‘ynatmaslikka qaror qildi. Klub qarorgohidagi oxirigi mashg‘ulotlardan so‘ng, Karsdorp Milanga boradigan tarkib ro‘yxatidan chiqarib tashlandi.

Futbolchi Rimda qolib, kelajak faoliyati haqida bosh qotiradigan bo‘ldi.

Corriere dello Sport nashrning xabar berishicha, murabbiylar shtabi “Milan”ga qarshi uchrashuvda  Ola Solbakken, Madi Kamara va Andrea Belottini ham maydonga tushirmaydigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!