
Mourino: "Menga bu futbolchi juda ham kerak"
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka "Roma"ning qiziqishlari doirasiga tushdi. “Football Italia” nashri xabariga ko‘ra, Rim klubi qishda shveytsariyalikni qo‘lga kiritish uchun harakat qilib ko‘rgan. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra bu transfer amalga oshmagan.
Shu bilan birga, agar London klubi kamida ikkita futbolchi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘lsa, Jaka bilan xayrlashishga tayyor. “To‘pchilar”ning asosiy maqsadi "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans hisoblanadi. Agar “kanonirlar” belgiyalik futbolchini qo‘lga kirita olsa, unda Granitni “Roma”ga sotishga rozi bo‘ladi.
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinoga Jakaning o‘yinlari juda yoqadi. Portugaliyalikning fikricha, yarim himoyachi Italiya A Seriyasiga tezda moslasha oladi.
Fikrlar