Mourino masofa saqlash talablarini buzishga tayyor

  • 5 iyul, 2020, 16:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APL 33-turi doirasida "Everton" bilan bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan mersisaydliklar ustozi Karlo Anchelotti haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Barcha Anchelottini ham inson ham murabbiy sifatida hurmat qilishadi.

U so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Karloning APLga qaytishi ham "Everton", ham biz uchun katta sharaf.

Men uni anchadan buyon yaxshi taniyman. Biz tez-tez UEFA majlislari va turli tadbirlarda ko‘rishib turamiz.

Men Karloni shunchaki yaxshi ko‘raman. U fantastik yigit, shuning uchun masofa qoidasini buzib, uni quchoqlab olishga tayyorman", - deydi Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!