Mourino: "Budapeshtdagi finalda mag‘lub bo‘lmagandik"

  • 21 sentabr, 2023, 19:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourinoning fikricha, “Roma” Evropa ligasi finalida mag‘lub bo‘lishga loyiq emasdi.

Tecno

O‘tgan mavsum Evropa Ligasida “Roma” finalgacha etib borgan hal qiluvchi bellashuvda “Sevilya”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.

"Faoliyatimning so‘nggi kunigacha aytaman, Budapeshtdagi finalda mag‘lub bo‘lmagandik. Har safar mendan bu haqda so‘ralganda shuni takrorlayman.

Yangi musobaqa va biz hammasini qaytadan boshlaymiz. Maqsad keyingi bosqichga chiqish.

O‘tgan yilni mag‘lubiyat bilan boshlagandik va bu pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizni qiyinlashtirdi - biz Chempionlar ligasidagi jamoaga qarshi o‘ynashga majbur bo‘ldik.

Guruh bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritsak, bu biz uchun juda muhim bo‘ladi”, - dedi “Roma” bosh murabbiyi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!