Mourino Beylni olishga shoshilmayapti! Sababi aniq...

  • 12 iyun, 2022, 20:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bilan xayrlashgan Garet Beylning agentlari futbolchining xizmatini “Roma”ga taklif qildi.

Tecno

Biroq, Rim klubini boshqarayotgan Joze Mourino bu taklifni qabul qilmagani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mourino “Real”ni boshqargan paytda uelslik futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholagan va uni o‘z jamoasiga qo‘shib olishni istagan. Biroq, Befl Madridga Mourino u erdan ketganidan keyin keldi.

Keyinchalik portugaliyalik mutaxassis hujumkor futbolchini “Real”dan “Tottenxem”ga ijaraga olib kelib o‘ynatdi. Biroq, Beylning harakatlari Mourinoga ma’qul kelgani yo‘q. Ana shu tajribani inobatga olib, Joze Garetni “Roma”ga qo‘shib olishga shoshilmayapti.

Garet Beyl esa, yil oxirida Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun o‘ziga muntaxam o‘yin amaliyoti berishni kafolatlagan jamoaga  o‘tmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!