
Mour hizmatlariga APLning ikki klubi qiziqmoqda
The Sun nashri xabariga ko‘ra, Joze Mourino APL klublarining birida bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin. Gap mutahassisning "Arsenal" yoki "Tottenxem" klublarida ish boshlashi mumkinligi haqida ketmoqda.
Nashrga ko‘ra, "Arsenal" Unai Emerini iste’foga chiqarishi mumkin va uning o‘rniga APLda tajribasi katta bo‘lgan mutahassisni olib kelishmoqchi.
Shuningdek, "Tottenxem" ham Mourino atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda. "Shporlar" raxbariyati bosh murabbiy ko‘rsatayotgan natijadan norozi bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik mutahassis MYu bosh murabbiyligidan ketganidan so‘ng, futbol eksperti sifatida ishlab kelmoqda.
Fikrlar