
"Monako" sardori: "Nima deyishni ham bilma qoldim"
Germaniya milliy terma jamoasi va Frantsiyaning "Monako" klubi futbolchisi Tilo Kerer jamoasining "Anje"dan uchralgan mag‘lubiyatiga izoh berdi.
"Bugun o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik deb o‘ylayman. Biz o‘yin sur’atini oshira olmadik. Odatda g‘alaba qozonishimizga imkon beradigan narsalar bugun ish bermadi. Albatta, bundan xafamiz. Lekin mazkur o‘yinni imkon qadar tezroq tahlil qilishimiz va nima noto‘g‘ri bo‘lganini tushunishimiz kerak.
Ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan so‘ng siz yana o‘zingizga ishonishingiz va harakat qilishni boshlashingiz kerak. Oldinda bizni yangi o‘yinlar kutib turibdi. Avvalgi o‘yin darajasini tiklashimiz kerak. Faqat shu yo‘l bilangina doimiy g‘alaba qozona oladigan yo‘lga qaytishimiz mumkin.
Ko‘p narsa noto‘g‘ri ketdi. Ayniqsa birinchi bo‘limda xatolar keragidan ko‘p edi. Tanaffusdan so‘ng biz biroz yaxshiroq o‘ynay boshladik. Pressingda tajovuzkor bo‘ldik. Biroq, birinchi bo‘limda jamoaviy o‘yin yo‘qligi bizni tushkunlikka solib qo‘ydi.
Bu mag‘lubiyatda butun boshli jamoa aybdormiz. Qolaversa, "Anje" klubini mensimasdan o‘ynab bo‘lmaydi. Ular bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Mag‘lubiyat biz uchun katta saboq bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda boshqa "Monako"ni ko‘rasizlar", - dedi Tilo Kerer.
Fikrlar