
Modrich: "Biz o‘z sifatimizni vaziyat qiyinlashganda ko‘rsatamiz"
"Real Madrid" sardori Luka Modrich "Valensiya"ga qarshi kechgan og‘ir bahsdan so‘ng o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.
"Mana shunday g‘alabalar bizga kuboklar yutishimizga katta yordam beradi. Biz har doim o‘z darajamizni vaziyat qiyinlashganda ko‘rsatamiz va bu bizning haqiqiy kuchimizdir. Buning sababi, har bir futbolchiga "Real” kurashish va hech qachon taslim bo‘lmaslikni o‘rgatadi. Bunday g‘alaba qozonish ajoyib, bu esa futbolchilarga katta ishonch bag‘ishlaydi.
Biz La Liga etakchisi ekanligimiz insonni xursand qiladi. Shunday bo‘lsa ham jamoam bilan birga qattiq ishlashda va kamtarlik bilan rivojlanishda davom etishimiz kerak" - deya, ta’rif berib o‘tdi xorvatiyalik havbek.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya Superkubogi doirasida "qaymoqranglilar" 6 yanvar kuni "Malorka" bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv 23:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar