Modrich bir zarba bilan 64 yillik rekordni urdi

  • 15 sentabr, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbolida “Tottenxem” va “Real”dagi o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan Luka Modrich yozda erkin agent maqomida “Milan”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

40 yoshli futbolchi A Seriyada ham o‘zini ko‘rsata boshladi. Italiya chempionatining uchinchi turida milanliklar “Bolonya”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Yagona golni 61-daqiqada Luka Modrich  kiritdi. Shu tariqa, xorvatiyalik futbolchi Italiya chempionatida gol urgan eng yoshi katta yarim himoyachi sifatida rekord o‘rnatdi.

Avvalgi rekord ham “Milan” vakiliga tegishli bo‘lib, Nils Lidxolm 1961 yilning 26 martida shahar derbisida “Inter” darvozasini ishg‘ol qilganida 38 yoshu 169 kunlik edi. Uning rekordi 64 yil deganda yangilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!