Misr futbol federatsiyasi boshqaruv kengashi raisi: Kuper O‘zbekistonni mundialga olib chiqishga qodir

  • 11 iyun, 2019, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Andijonda O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Misr futbol federatsiyasi boshqaruv kengashi raisi Karam Kurdiy Abdul Fattoh ham ishtirok etdi va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Misr futboli deganda baribir «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh ko‘z oldimizga keladi. Olimpiya terma jamoasida Saloh kabi bo‘lajak yulduz futbolchilarni ko‘rishimiz mumkinmi?

- Muhammad Saloh misrlik va bizning futbolchimiz bo‘lganidan juda faxrlanamiz. U o‘z mehnatlariga yarasha bugungi kunda Evropaning kuchli klublaridan birida to‘p suryapti. Albatta, futbolimizni rivojlantirishda davom etyapmiz va bundan keyin ham Muhammad Saloh kabi o‘yinchilarni etishtirishga harakat qilamiz. Bu borada bizda iqtidorli futbolchilar ko‘p.

- Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlayotgan Ektor Kuper Misr futboli tarixidan joy olgan. U misrliklarni uzoq yillik tanaffusdan keyin jahon chempionatiga olib chiqa olgan. Ayting-chi, Kuper haqida fikringiz qanday? Uning boshchiligida O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishiga ishonasizmi?

- Janob Kuper dunyodagi top-murabbiylar qatorida turadi. Bizni bu murabbiyni juda hurmat qilamiz. Ektor Kuper Misrda ishlab futbol darajasini ancha kuchaytirdi. Albatta, u O‘zbekistonda ham futbol darajasini ko‘tarishga qodir. Men bunga ishonaman. Qolaversa, Kuper Misrda ishlaganila Salohning yuksalishiga ham katta turtki bergan. Uning yaxshi mutaxassis ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. O‘zbekiston terma jamoasini 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqishga qurbi etadi. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, murabbiyning o‘ylagan rejalarini amalga oshishi uchun vaqt kerak. Ayniqsa, yaxshi o‘yinchilarni tanlab, ular bilan kerak bo‘lsa 24 soat shug‘ullanishi lozim. Faqat katta maqsadlarga erishish asta-sekinlik bilan bo‘ladi. Buning uchun esa sabr qilish kerak. Ektor Kuper Misrda ham darhol natija ko‘rsatmagan. Bizda ham o‘ylagan rejalarini asta-sekinlik bilan amalga oshira olgan.

- O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvining o‘tkazilishini ijobiy baholaymiz. Ayting-chi, yaqin kelajakda O‘zbekiston bilan Misr milliy terma jamoalari o‘rtasida ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi borasidagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

- Bu o‘yin bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston bilan Misr bu masalada o‘zaro kelishib o‘yin tashkil qilsa bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!