
Mirzakamol Ne’matovning jang sanasi va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA Asia East kamari egasi Mirzakamol Ne’matov o‘zining navbatdagi jangini 8 oktyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahrida o‘tkazadi.
Shu kuni unga rossiyalik Aslanbek Kozaev (34-3-1, 8KO) raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ne’matov 15 iyul kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida sobiq jahon chempioni Julias Indongoni Mag‘lub etgan edi.
Fikrlar