
Mirzahakim To‘xtamirzaev: "Abbosni "Manchester Siti"da o‘ynatishmagan bo‘lar edi"
Taniqli jurnalist Mirzahakim To‘xtamirzaev "SPORTS uz" saytining "You Tube" sahifasidagi "O‘zbekcha Futbol" podkastining mehmoni bo‘ldi. Ushbu suhbat davomida sharhlovchi Abduqodir Husanov o‘rniga Abbosbek Fayzullaev "Manchester Siti"ga safiga ko‘chib o‘tganda qanday holat bo‘lar edi, degan savollarga javob berdi.
"Avvalambor, Abbosbekni deyarli maydonga tushurishmasdi. Bunga asosiy sabab, hozirda Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar"ning eng og‘riqli tomoni himoya chizig‘idir. Aynan shu muammo sabab, klub so‘nggi oylarda qimmatli ochkolarni qo‘ldan chiqardi. Shu bois, qishki transferlar oynasida ham himoya chizig‘iga katta e’tibor qaratishdi. So‘nggi uchrashuvlarni ko‘rdingiz, hujumchilar yana o‘z darajalarini qaytarib olishdi va yana ko‘plab gollar urishni boshladi. Agarda Fayzullaev hozirgi holatda ushbu jamoaga qo‘shilganda, ko‘proq zaxira o‘rindig‘ida qolgan bo‘lar edi" - deya o‘z fikrlarini bildirdi, sport jurnalisti.
Milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanets, yangi mutaxassis Timur Kapadze va Abduqodir Husanov haqidagi podkastni "You Tube" sahifamiz orqali to‘liq tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/live/AfdPq6RU4j8?si=qijo_oUD7cJYjMTd
Fikrlar